“Ochiq eshiklar kuni 2022”

Toshkentdagi Vengriya Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Vengriyaning Obuda universiteti (Universitet) tomonidan joriy yil 3-mart kuni, Toshkent vaqti bilan 16:00-20:00 da virtual “Ochiq eshiklar kuni 2022” (Tadbir) o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun: Universitet Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan bo‘lib, 140 yillik tarixga ega. Universitet muhandislik, axborot texnologiyalari va iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaydi. Tadbirning maqsadi – Universitetda mavjud fakultet va o'quv dasturlari haqida ma’lumot berish hamda Vengriyaning “Stipendium Hungaricum” davlat stipendiyasi va “Erasmus” dasturi doirasida grantlarni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini talabalar va ularning ota-onalariga yoritib berishdir. Virtual “Ochiq eshiklar kuni 2022”da ishtirok etish istagini bildirgan talabalar va ularning ota-onalari quyidagi veb-sahifasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin (barcha ma’lumotlar veb-sahifada mavjud): https://event.lansera.io/%C3%93UOpen-Day/home.